Parijliklar ustozi Maurisio Pochettino va Keyn bilan “Tottenhem”da birga ishlashgan. Ayni paytda PSJ hujumchisiga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar Mbappe Madridga yo'l oladigan bo'lsagina, Keyn Angliyadan PSJga transfer qilinishi mumkin.
Joriy mavsumda Keyn London klubi safida barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Xabarlarga ko'ra, “Tottenhem” rahbariyati futbolchinng transfer narxini 170 million evroga baholagan.
Mutlaq jahon chempioni Keti Teylor etti vazn chempioniga qarshi trilogiyada ringga ko'tarildi
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi