SportUz.Net
photo photo

"Roma" va "Jenoa" SHomurodovning ijarasini kelishib oldi. Eldor dushanba kuni shartnoma imzolaydi!

30.07.2021 02:50    


Rasmni yuklab olish

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov "Roma"ga o'tishga juda yaqin.

Insayder Janluki Di Marcioning xabar berishicha, "Roma" va "Jenoa" bitimni hal qilib bo'lishgan. Rimliklar Eldor SHomurodovni sotib olish sharti bilan ijaraga olishadi. Transfer narxi 17.5 mln evroni, turli bonuslar esa yana 2.5 mln evroni tashkil qiladi. "Jenoa" klubi Eldor SHomurodovning keyingi transferidan tushgan mablag'ning 10% ini o'ziniki qiladi. Dushanba kuni, Eldor SHomurodov shartnoma imzolash uchun Rimga uchib boradi. Uning "Roma"dagi maoshi 2 mln evro atrofida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov o'tgan mavsumda A Seriyada 31 o'yinda maydonga tushib 8 ta gol urishga erishgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: