SportUz.Net
photo photo

“Liverpul” salkam yuz yillik antirekordni takrorladi

21.02.2021 08:23    


Rasmni yuklab olish

APL 25-turi doirasida “Liverpul” o'z maydonida “Everton”ga (0:2) imkoniyatni boy berdi.

“Enfild”da kechgan mersisayd derbisida Karlo Anchelotti shogirdlari muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Opta Spors malumotlariga ko'ra, “qizillar” 1923 yilning dekabridan buyon ilk marta APL doirasida o'z maydonida qatorasiga to'rtta o'yinda mag'lub bo'lishdi.  Qolavrsa 1928/1929 yilgi mavsumda “Liverpul” amaldagi chempion bo'la turib, o'z maydonida qatorasiga to'rtta bahsga raqibga imkoniyatni boy bergandi. Klopp shogirdlari oradan 92 yil o'tib mazkur antirekordni ham takrorlashning “uddasidan chiqishdi”. Qizig'i, aynan ushbu antirekordni (amaldagi chempion jamoaning o'z uyida qatorasiga to'rt marta mag'lub bo'lishi) so'nggi marta “Everton” “zabt etgan”.

“Liverpul” o'z maydonida “Everton”ga qadar “Byornli” (0:1), “Brayton” (0:1) va “Manchester Siti”ga (1:4) imkoniyatni boy bergandi.

Ayni payda qizillar 25 uchrashuvdan 40 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalining 6-pog'onasida borishmoqda. “Everton” ham hamshaharlari bilan bir xil ochko jamg'argan va ulardan bir o'yin kam o'tkazgan holda 7-pog'onani band etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: