Avvalroq uning "Rux" jamoasi uchun ko'rikdan o'tishi haqida xabar bergan edik. Bobir tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, Lvov shahri jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Malumot uchun, 2003 yilda tashkil topgan mazkur klub o'z uy o'yinlarini Lvov shahridagi "Arena Lvov" stadionida o'tkazadi. Mazkur stadion 2012 yilgi Evropa chempionati o'yinlarini qabul qilgan.
"Rux" o'tgan mavsum quyi ligada ikkinchi o'rinni egallab o'z tarixida ilk bor Premer-ligaga yo'llanma olgan.
Ayni paytda "Rux" 14ta o'yindan so'ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.
Top Rank vice-prezidenti: "Lomachenkoni yana ringda ko'ramizmi yoki yo'q - bu aniq emas"
Baydarka va kanoechilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda. Tarkibda legioner ham bor