SportUz.Net

"Real" va "Barselona" xato qilishga haqqi yo'qligini biladi". Simeone La Liga haqida gapirdi

22.07.2021 07:50    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Ligadagi raqobat haqida gapirdi.

- "Real" tarkibini deyarli kuchaytirmadi. "Barselona"da moliyaviy muammolar bor. Ko'pchilikning fikricha, "Atletiko"ni g'alabalar kutmoqda.

- O'tgan yili "Real" yomon yoki unchalik yaxshi bo'lmagan mavsumni o'tkazishi haqida gapirgandik. Ammo ular ham xuddi biz kabi o'yinlarda mag'lub bo'lishdi. Ammo biz ulardan bitta o'yin ko'p yutdik. 

"Real" va "Barselona" xato qilishga haqqi yo'qligini biladi. Ammo "Sevilya", "Real Sosedad", "Vilyareal" kabi jamoalarning kuchayishi sovrinni kurashsiz yutib bo'lmaslikni ko'rsatib turibdi. 

"Barselona", "Real", MYU, "Bavariya", "Yuventus" - ular doimo jahonning eng yaxshi klublari hisoblanishadi", - dedi Simeone. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: