SportUz.Net
photo photo

KONKAKAF Oltin kubogining barcha pley-off ishtirokchilari malum. Qatar guruh peshqadami

21.07.2021 11:25    


Rasmni yuklab olish

AQSH mezbonligida o'tayotgan KONKAKAF Oltin kubogining guruh bosqich yakuniy tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

CHorak finalchilar qatorini "C" guruhidan Kosta-Rika va Yamayka, shuningdek "D" guruhidan Gonduras va Qatar to'ldirdi.

Kosta-rikaliklar 3-turda yamaykaliklarni 1:0 hisobida engishdi va 9 ochko bilan guruhni etakchilik bilan yakunlashdi. Yamayka ikkinchi bo'ldi (6 ochko). Surinam ushbu guruhda Gvadelupani 2:1 hisobida engdi va 3 ochko bilan 3-o'rinni egalladi.

"D" guruhida Gonduras va Qatar terma jamoalari 3-turda to'qnash kelishdi. G'olib JCH-2022 mezboni bo'ldi. Qatar 7 ochko to'pladi va "D" guruhini birinchi o'rinda yakunladi, Gonduras (6) esa ikkinchi.

CHORAK FINAL JUFTLIKLARI:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: