"Diario Sport" xabariga ko'ra, tomonlar moliyaviy masalalarda kelisha olishmagan. Unga ko'ra, "Barselona" Sauldan tashqari 20 million evro yoki Joau Felishni so'ragan. Ammo "Atletiko"ga bu talab maqul kelmagan.
Saul esa APLdan tushayotgan taklifdan anchagina kam maosh so'rayotganiga qaramay, "Barselona" narxni pastlatishga harakat qilmoqda. SHu boisdan tomonlar o'rtasida munozaralar kelib chiqqan.
Endi "Barselona" Grizmanni boshqa jamoaga sotishni o'ylamoqda. Davogarlar qatorida "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Yuventus" kabi klublar bor.