SportUz.Net
iks
ads

Fabio Kannavaro: "Italiyadan taklif kutaverib, charchagan edim"

20.12.2025 17:42    


Rasmni yuklab olish

Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro o'z mamlakatidan taklif kutgani va nima sababdan O'zbekiston terma jamoasini tanlagani haqida fikr bildirdi.

"Nima uchun O'zbekiston taklifini qabul qildim? CHunki bu – jahon chempionatiga yo'l olgan terma jamoa! Biz uchun bu ilk tajriba va shubhasiz, juda ajoyib turnir bo'ladi.

“Biz uchun”, deya takidlayapman, zero mening shogirdlarim uchun mundial katta saboq maktabiga aylanadi, ular bu erda juda ko'p narsani o'rganishlari kerak. 

Rostini aytsam, kutaverishdan biroz charchagan edim. Aslida, men doim Italiyada ishlashni reja qilganman. Ammo agar imkoniyat paydo bo'lmasa, inson o'z ufqlarini kengaytirib, boshqa muhitda tajriba orttirishi ham to'g'ri qaror, deb hisoblayman", dedi 52 yoshli mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: