
"Qizilqum"ni tark etgan darvozabon Sanjar Quvvatov sobiq jamoasi "Paxtakor"ga qaytdi. Tomonlar o'zaro shartnoma imzolab bo'lishgan. Quvvatovga Superliganing boshqa jamoasidan ham taklif bo'lgan, lekin posbon "sherlar"ni tanlagan", – deyiladi xabarda.
Malumot uchun, Quvvatov 2019-2024 yillar davomida "Paxtakor" safida 5 marta O'zbekiston chempioni, 2 marta O'zbekiston Kubogi sohibi va 2 karra Superkubok g'olibi bo'lgan.
35 yoshli posbon yakunlangan mavsum 30 o'yinda qatnashib, 38 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi.