
FIFA "Yilning eng yaxshi" futbolchisi uchun 11 nafar davogarlarni elon qildi. Yil futbolchisi bo'lishga davogarlar bilan tanishing: Koul Palmer (CHelsi), Pedri (Barselona), Usmon Dembele (PSJ), Vitinya (PSJ), Lamin Yamal (Barselona), Harri Keyn (Bavariya), Nuno Mendes (PSJ), Ashraf Hakimi (PSJ), Muhammad Saloh (Liverpul), Kilian Mbappe (Real Madrid) va Rafinya (Barselona).
Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Usmon Dembele 2025 yilgi "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan edi. O'tgan mavsumda u Franciya ligasi, Franciya kubogi, Franciya superkubogi va CHempionlar ligasida g'olib chiqqan. Bundan tashqari, futbolchi parijliklar safida Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finaliga chiqqan.
