SportUz.Net
iks
ads

"Manchester Yunayted" haqida gapirilganda televizorni o'chirib qo'yaman" – Amorim o'ziga qaratilgan tanqidlar haqida

03.12.2025 22:18    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o'ziga nisbatan bildirilayotgan tanqidlarga qanday munosabatda bo'layotgani haqida so'z yuritdi.

"Haqoratlarmi? Bularni o'qimayman, shu yo'l bilan o'zimni himoya qilaman. "Manchester Yunayted" haqida gapirilganda televizorni o'chirib qo'yaman. Bu fikrlarga qo'shilmaganimdan emas, balki bu mening salomatligimni saqlash usulidir. Murabbiy sifatida his qilayotganlarimning o'zi etarli. Albatta, shu tarzda ijtimoiy tarmoqlardagi homiylardan keladigan pulni yo'qotaman," - dedi Amorim The Athletic nashriga bergan intervyusida

Amorim 2024 yil noyabridan beri "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqda. O'tgan mavsumda "qizil iblislar" portugaliyalik murabbiy rahbarligida UEFA Evropa ligasi finaligacha etib bordi va unda "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi (0:1). 2025/2026 yilgi mavsumda jamoa Angliya Premer-ligasida 13 o'yinda 21 ochko to'plab, ettinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: