SportUz.Net
iks
ads

PFL O'zbekistondagi beshta klub arenalarini Superliga stadionlari ro'yxatiga kiritmasligi mumkin

24.11.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Arxiv bilan ishlashni afzal biluvchilar 2020 hamda 2025 yilgi mavsumlar oralig'ida professional klublar to'p tepuvchi maydonlardagi o'zgarishlar bilan tanishib chiqishi mumkin.

"Bugunga kelib O'zbekistonda 17 ta professional klub mavjud bo'lib, ular orasidan 16 tasi o'z maydonini qayta tamirdan chiqardi. Biroq tamirdan keyin ham maysa parvarishiga jiddiy munosabatda bo'la olmayotgan klublar mavjud. 

5 ta klub mavsumga yangi maysa bilan kirib kelishi kutilmoqda: "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf", "Aral" (ehtimoliy). Toshkentdagi 2 ta stadionda tamirlash ishlari davom etmoqda. 

"Bunyodkor" katta talafotdan keyin yangi maysa ekdi, "Nasaf" esa asosiy maydon chimi o'rniga yangisini tayyorlash ishlari bilan band. Nukusdagi stadion esa 2026 yilda foydalanishga topshiriladi. Mazkur stadionga Urganchdagi kabi talab qo'yilgan va uning qurilish ishlari Liga tomonidan monitoring qilib borilmoqda.  

6 ta klub joriy mavsumda raqiblari uchun yaxshi maydon taklif qila oldi: "Andijon", "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Dinamo", "Qizilqum", "Surxon". Liga mazkur klublarning maysa parvarishi borasidagi mehnatlarini qadrlaydi. Endilikda ular qishki mavsumda ham parvarishni davom ettirishlari va mazkur masalada "Bunyodkor" stadioni tajribasini o'rganishlari tavsiya etiladi. Qishdagi asosiy masala havo harorati +10 darajadan pastga tushib ketganida boshlanadi. Ayniqsa, qor yog'ishi oldidan maydon ustiga maxsus yopinchiq to'shalishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

5 klub yuzasidan xavotirlar mavjud 

Yana 5 ta klubda esa muammolar mavjud: "Navbahor", OKMK, "So'g'diyona", "Mashal", "Buxoro". Voqealar rivoji shunday davom etsa, Liga mazkur arenalarni Superliga stadionlari ro'yxatiga kiritmasligi mumkin. 

Vodiyda 3 ta yaxshi maydon bor ekanligidan kelib chiqilsa, "Navbahor" vaziyatni o'nglashi yoki Andijon, Farg'ona, Qo'qondagi stadionlardan foydalanish masalasini ko'rib chiqishi lozim. "Mashal" esa G'uzordagi stadion tajribasini o'rganmoqda. Biroq bunda drenaj va sug'orish tizimi masalasi klub bilan muhokama qilinadi. "So'g'diyona" Jizzax yoki Zomindagi stadionlarda o'zgarishlarni amalga oshirishga tayyor. Biroq Liga klubga maysa parvarishi masalasini qayta ko'rib chiqishni tavsiya etadi. 2 yil ichida "So'g'diyona" maydoni holati qanday o'zgargani o'rganilishi lozim. Termiz va Samarqand shaharlaridagi maydonlar holati bilan solishtirganda, Jizzaxdagi o'yingoh muammolari yaqqol ko'rinadi.

OKMK o'yingohi masalasi esa Liga uchun kutilmagan holat bo'ldi. Maydon tamiriga to'liq 2 yil o'tmay turib, uning holati salbiy tomonga keskin o'zgardi. Mazkur masala qayta o'rganib chiqilishi shart. Maydon ustida futboldan boshqa ommaviy tadbirlar o'tkazilishi davom ettirilsa, u tabiiyki, Superliga uchrashuvini o'tkazish uchun yaroqsiz maydonga aylanib qoladi. 

Buxorodagi akademiya stadioni Superliga o'yinlari uchun qayta ochildi. Bu yo'lda stadionga talab bo'yicha projektorlar o'rnatildi. Afsuski, projektorlar o'rnatilguniga qadar maysa o'z sifatini yo'qotib ulgurdi. Bunga asosiy sabab — viloyatda maydon parvarishi uchun maxsus texnikaning mavjud emasligi (Liga ikki yil avval buni qayd etgan). Ayni vaqtda maydon chimi qanday moslamalarda o'rilayotgani va buning oqibatlari yuzasidan klub hamda viloyat futbol associaciyasi xabardor qilingan. Holat o'nglanmasa, klub 2026 yilgi mavsumni qo'shni Navoiyda o'tkazishi haqiqatga yaqin", – deyiladi Liga xabarida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: