SportUz.Net
iks
ads

Levchenko O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan 21-murabbiy bo'ldi

23.11.2025 19:12    


Rasmni yuklab olish

Sovringa eng ko'p ega chiqqanlar orasida "Neftchi"ning sobiq murabbiyi etakchi.

Kuni kecha Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z tarixida 6-marotaba O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.

Jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko uchun bu natija ushbu mamlakatdagi ilk sovrin edi. SHu tariqa, tojikistonlik 53 yoshli mutaxassis O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan 21-murabbiyga aylandi.

Eng yaxshi natija Yuriy Sarkisyanga tegishli bo'lib, u aynan "Neftchi" bosh murabbiyi sifatida 5 marotaba bosh sovringa ega chiqqan.

SHuningdek, Mirjalol Qosimov va Ravshan Haydarov 3 martadan mavsumni peshqadam sifatida yakunlagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: