SportUz.Net
iks
ads

"Paxtakor" "Nasaf"ni mag'lub etib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

20.11.2025 20:42    


Rasmni yuklab olish

Superliganing 29-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Paxtakor"ga imkoniyatni boy bergan "Nasaf" chempionlik vakolatini rasman topshirdi.

Bugungi mag'lubiyatdan keyin Ro'ziqul Berdiev jamoasi chempionlik poygasidan chiqdi. "Paxtakor"da esa hali nazariy jihatdan imkoniyat bor. Agar "Neftchi" shanba kuni o'z maydonida "Qizilqum"ni mag'lub etsa, so'nggi 30-tur natijasidan qati nazar uzoq muddatli tanaffusdan so'ng O'zbekiston chempioniga aylanadi.  

Superliga. 29-tur

"Paxtakor" – "Nasaf" 1:0

Toshkent. "Jar" stadioni

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Roziyabonu Yusupova

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: 1:0 – 45+4, Igor Sergeev (Bashar Resan)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 11.Igor Sergeev (7.Hojiakbar Alijonov, 79), 15.Hojimat Erkinov, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Bashar Resan (10.Aziz Turg'unboev, 59), 22.Umar Adhamzoda, 50.Flamarion, (18.Bobir Abdixoliqov, 86), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis SHala, 9.Javohir Sidiqov (34.SHerzod Nasrullaev, 57), 10.Dragan CHeran, 14.SHarof Muhiddinov, 18.Husayn Norchaev (22.Igor Golban, 83), 24.Sardor Bahromov, 28.SHuhrat Muhammadiev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 77.Oybek Bozorov (19.Stefan CHolovich, 57), 92.Umar Eshmurodov (2.Alibek Davronov, 46)

Ogohlantirishlar: Dragan CHeran (45+6), Zafarmurod Abdirahmatov (63), Hojimat Erkinov (64), Muhammadqodir Hamraliev (83), Stefan CHolovich (90+1)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: