SportUz.Net
iks
ads

"Arsenal" o'z etakchisi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

20.11.2025 12:48    


Rasmni yuklab olish

RMS Sport xabariga ko'ra, "Arsenal" vingeri Bukayo Saka klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Nashrning yozishicha, tomonlar hamkorlikni uzaytirishga ishonchlari komil, biroq muzokaralar hali yakuniga etmagan. "Arsenal" rahbariyati futbolchi bilan shu yil oxirigacha yangi shartnoma imzolashini kutmoqda.

24 yoshli angliyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Joriy mavsumda Bukayo Saka klub safida barcha turnirlarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan. Transfermarkt uning bozor narxini 140 million evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: