
— Penaltilar seriyasi haqida...
— Futbolchilarning o'zidan ruhan kim tayyorligini so'radik. Ularning o'zi nechinchi bo'lib tepishini aytdi.
— Keyingi o'yinda Muhammad Hakimov bizga yordam bera olmaydi.
— Avvalo bugun g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Umuman olganda biz shunchaki yutib qo'ymaymiz, doim bosim ostida bo'ladi (kuladi). Muhammad Hakimov jamoamiz uchun katta yo'qotish. Umid qilamizki, uning o'rnida bo'ladigan Amirxon Murodov o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etadi.
— Qanchalik Xorvatiya bilan o'yin shunday faol o'tishini kutgandingiz?
— Kecha ko'rganingizdek, eng yuqori natija ko'rsatib, birinchi o'rin bilan chiqqan Argentina jamoasi 32-jamoa bo'lib, qiynalib chiqqan Meksikaga mag'lub bo'ldi. Bitta o'yinda istalgan raqibni mag'lub etish mumkin, bu erda ruhiyat birinchi o'ringa chiqadi. Raqib Evropadagi top jamoalardan biri va jismoniy jihatdan juda kuchli jamoa edi. SHunday ekan, qiyin o'yin bo'lishi kutilgan edi. SHunga qaramay, imkoniyati yuqori bo'lgan futbolchilarimizga ishonardik. O'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondik.
— Darvozabonlarni almashtirishga to'xtalmoqchi edim. Bu oldindan o'ylangan rejamidi?
— Uchrashuv davomida darvozabonlar murabbiyi o'z fikrini aytdi. Bizda teng kuchli ikkita darvozabon bor. Nematulloh Rustamjonovning tushirilishi Ibrohim SHokirovning penaltilar seriyasida yaxshi turmasligini anglatmaydi.
— Bo'lajak raqib — Italiya haqida nima deysiz?
— Albatta, Italiyaning o'yini bo'layotgan paytda yordamchilarimni o'sha bahsga jo'natdim. CHexiyaga qarshi o'yinni ham ko'rib, tahlil qilib o'tirdik.
— Italiya terma jamoasi bilan bitta mehmonxonada yashaysiz. Ko'z-ko'zga tushib qolganda nima qilasiz? (hazil bilan)
— O'zi biz bitta mehmonxonada turganlarimiz bilan o'ynaymiz. Saudiya Arabistoni bilan ham bir oy bitta mehmonxonada yashagandik. 1/8 finaldagi raqib Italiya bilan ham 15 kundan beri birgamiz. Mehmonxona mayli, ular bilan yonma-yon ovqatlanamiz.

Murodjon Ahmadaliev keyingi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini ochiqladi (VIDEO)