SportUz.Net
iks
ads

Londonda APL futbolchisiga qurol bilan tahdid qilishdi

04.11.2025 09:30    


Rasmni yuklab olish

"The Sun" nashrining yozishicha, Londonda Premer-liga futbolchisiga qurol bilan tahdid qilingan.

Londonda ismi oshkor etilmagan APL futbolchisiga qurol bilan tahdid qilingan. 

Malumotlarga ko'ra, hodisa 6 sentyabr kuni sodir bo'lgan. Futbolchi do'sti bilan gavjum ko'chada sayr qilib yurgan paytda hujum sodir etilgan.

Policiya 31 yoshli futbol agentini qo'lga olgan. U qurol bilan tahdid va shantajda gumon qilinmoqda, ammo hali ayblov qo'yilmagan. Agent garov evaziga ozod qilingan va unga futbolchi bilan bog'lanish hamda futbolchi jamoasining mashg'ulot bazasiga borish taqiqlangan.

SHuningdek, unga Buyuk Britaniyani tark etish ham taqiqlangan. Agentning pasporti qaytarilgan, ammo oldindan belgilangan safarlardan qaytgach, uni yana topshirishi lozim bo'ladi. London Metropoliten policiyasi hozirda tergov olib borilayotganini tasdiqladi.

Malumotlarga ko'ra, futbolchining yoshi 20 yoshdan oshgan va uning transfer qiymati 60 million funt sterlingga baholangan. Gumon qilingan agent mijozlari orasida Angliya terma jamoasi azosi ham bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: