SportUz.Net
iks
ads

Elit OCHL. Bugun "Nasaf" o'z maydonida BAA klubini qabul qiladi

03.11.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

Bugun Elit OCHL turnirining navbatdagi turiga start beriladi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi turnirning 4-turida BAAning "Al Vahda" jamoasini mehmon qiladi. Uchrashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionda soat 18:45 da start oladi. "Nasaf" hozirgacha o'tkazilgan 3 ta o'yinning barchasida mag'lubiyatga uchragan. 

"Al Vahda" 2 g'alaba va 1 durang bilan turnir jadvalida 7 ochko bilan 4-o'rini egallab turibdi. Uchta o'yinning barchasida g'alaba qozongan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi yuz foizlik natija bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.

OFK CHempionlar ligasi Elit. 4-tur

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vahda" (BAA)

Bosh hakam: Halid Saleh Alturais (Saudiya Arabistoni)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Maki Alabakry, Abdulrahim Habib Al SHammari (ikkalasi – Saudiya Arabistoni)

To'rtinchi rasmiy: Husayn Alfunhush SHukri (Saudiya Arabistoni)

VAR: Sulton Sanat Alharbi (Saudiya Arabistoni)

VAR assistenti: Mamduh Mufaroh Al SHahdan (Saudiya Arabistoni)

Hakamlar nazoratchisi: Tang Ev Mun (Cingapur)

Komissar: Ahmed SHahir (Maldiv orollari)

Mahalliy media oficer: SHerzod Rajabov

Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: