SportUz.Net
photo photo

Beyl: "Evropa Ligasi - "Tottenxem" uchun muhim musobaqa va biz bu sovrinni yutishni xohlaymiz"

19.02.2021 19:23    


Rasmni yuklab olish

"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl Evropa Ligasi 1/16 final doirasidagi "Volfsberger" (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini aytib o'tdi.

Uelslik futbolchi ushbu o'yinda 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

"Biz "Volfsberger" bilan oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Bizda ko'plab imkoniyatlar paydo bo'ldi, ko'proq gollar urish kerak edi. Ammo jamoa bu natijadan ham mamnun. Endi javob o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz.

Evropa Ligasi - "Tottenxem" uchun muhim musobaqa. Ushbu sovrinni yutishni xohlaymiz", - deydi Beyl.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: