SportUz.Net
photo photo

Evro-2020. Bugun final: Italiya Angliyaga qarshi! (prevyu)

11.07.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

Muhtasham "Uembli"da bo'lib o'tadigan Evropa chempionati finali haqida bilishingiz lozim bo'lgan malumotlar.

Bosh hakam: Born Keypers (Niderlandiya)

Yordamchi hakamlar: Sander van Rukel, Ervin Zeynstra (ikkisi – Niderlandiya)

Zaxira hakami: Karlos del Serro (Ispaniya)

VAR hakami: Bastian Dankert (Germaniya)

VAR assistentlari: Pol van Bukel (Niderlandiya), Kristian Gittelmann (Germaniya), Marko Fritc (Germaniya)

Italiya guruhda qiyinchilikka uchramadi – Turkiya, SHveycariya va Uels 7 ta javobsiz to'pni qabul qilib olishdi. Pley-off italiyaliklar uchun bir muncha qiyin keldi. Manchini shogirdlari 1/8 finalda Avstriyani ekstra-taymda mag'lub etgan bo'lsa, chorak finalda kuchli tarkibga ega Belgiyani yutdi (2:1). Yarim finalda esa penaltilar seriyasiga ko'ra Ispaniya mag'lub etildi. Italiya 1968 yilgi Evropa chempioni sanaladi. Jamoa shundan so'ng 2000 va 2012 yildagi finalni boy bergan. Ammo Italiya 1968 yildan keyin 4 ta JCHdan 2 tasini yutgani bilan maqtana oladi. 

Angliya terma jamosi guruh bosqichi va pley-offdagi ikki o'yinni ortiqcha qarshiliklarsiz bosib o'tdi va hatto gol o'tkazmadi. Angliyaliklar Evro-2020 pley-offida Germaniya, Ukraina va Daniyani mag'lub etishdi. SHunday qilib, final tarixda ilk bor Angliya termasi ishtirokida kechadi. Inglizlar Angliyada o'tgan JCH-1966 g'olibligidan so'ng yirik turnirlar yarim finalida 5 marta imkoniyatni boy berishgan: Evro-1968, JCH-1990, Evro-1996, JCH-2018, UEFA Millatlar Ligasi-2019. 

Yo'qotishlar xususida

Italiyada afsuski, jarohatlangan futbolchi bor, bu – qanot himoyachisi Leonardo Spinaccola. U Belgiyaga qarshi chorak finalda jarohatlandi va operaciyani boshdan o'tkazdi. Uning o'rnini hozirda Emerson Palmeri egallab turibdi.

Angliya butun turnirni deyarli jarohat va yo'qotishlarsiz o'tkazmoqda, jamoadan hech kim ikkita sariq kartochka (va chetlatish) tufayli biror uchrashuvni o'tkazib yubormadi. 

O'zaro to'qnashuvlar

- Angliya va Italiya o'rtasidagi oxirgi 3 ta bellashuv durang bilan tugagan.

- Terma jamoalar 1976 yildan buyon o'zaro 13 ta o'yin o'tkazgan bo'lib, shulardan 7 tasida Italiyaning qo'li baland kelgan.

- Angliya 45 yil ichida 2 marta g'alaba qozongan – JCH-1978 saralashida (2:0) va 2012 yilgi o'rtoqlik o'yinida (2:1).

- Xarri Keyn yirik turnirlarda 10 ta gol urdi. Forvard Angliya tarkibida Evropa va jahon chempionatida gol urish bo'yicha Alan SHirerni ortda qoldirib, Gari Lineker bilan tenglashib oldi.  

- Angliya tarixda ilk bor Evro finaliga chiqdi va ikkinchi marta yirik musobaqa hal qiluvchi bahsida qatnashadi (birinchisi – JCH-1966). Britaniya jamoasi qita birinchiligi finaliga yo'l olgan 13-terma bo'ldi. 

- Italiyaning mag'lubiyatsiz seriyasi 33 o'yinga etdi. "Skuadra Adzurra" oxirgi marta 2018 yilning sentyabrida Millatlar Ligasida Portugaliyaga yutqazgan. Mag'lubiyatga uchramaslik borasida jahon rekordi – 35 o'yin. 

- Italiya o'z tarixida to'rtinchi marta Evro finaliga chiqdi. Unda faqat 1 ta g'alaba (1968 yil) va 2 ta mag'lubiyat  (2000 va 2012 yil) bor. 

Taxminiy tarkiblar

Italiya: Donnarumma – Di Lorenco, Bonuchchi, Kellini, Emerson – Barella, Jorjino, Verratti – Keza, Immobile, Insine

Angliya: Pikford – Uoker, Stounz, Maguayr, SHou – Rays, Fillips – Saka, Maunt, Sterling – Keyn

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini: "Biz finalga chiqish uchun ko'p yillar mehnat qildik va hozir baxtiyormiz. Finalga etib kelganimiz uchun futbolchilarga faqat rahmat aytishim mumkin. Hozircha hech narsa yutmadik. Turnir muvaffaqiyatli chiqishi uchun yakshanba kuni g'alaba qozonishimiz kerak. Butun stadion Angliyaga muxlislik qiladi. Biz raqibni bosim ostida ushlashimiz kerak. Final boshqa o'yinlardan farq qiladi. Albatta, juda ehtiyotkor bo'lish lozim, ammo rohatlanib o'ynash ham muhim. O'zingni xursand qilib o'ynash orqaligina finalda g'alaba qozonish mumkin". 

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt: "Har bir jamoa bu 26 futbolchini boshqa bir erga jamlay olmaydi. Ular tarixda iz qoldirib bo'lishdi. Faqat bitta narsani aniqlash qoldi – qaysi rangdagi medalni olish. Hayotda bunday imkoniyatlar juda kam bo'ladi. SHuning uchun bundan foydalanib qolishimiz va g'alaba uchun borimizni berishimiz kerak. O'ylashimcha, JCH-2018 yarim finalida bizda boshqacha hissiyot bo'lgan. Dushanba kuni sovrinsiz uyg'onsak, bundan qoniqmasligimizni yaxshi tushunib turibmiz".

Kunning navbatdagi hal qiluvchi to'qnashuvini yoxud Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladigan "Uembli"dagi tarixiy bahsni aslo o'tkazib yubormang. Yoqimli tomosha! 

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: