SportUz.Net
photo photo

"Atletiko"dagilar Grizmann qaytishiga umid qilishmoqda

10.07.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Madrid jamoasida yana "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanni ko'rishni xohlashini tan oldi.

"Grizmann - buyuk o'yinchi. Umid qilamanki, u bizga qaytadi, ammo "Barselona" Antuanni sotishni xohlaydi deb o'ylamayman. U elitada. Har qanday jamoa uni o'z tarkibida ko'rishdan mamnun bo'lardi.

Grizmann "Atletiko"da bir necha ajoyib mavsumlarni o'tkazdi, u klubga sodiq edi. Biz do'stlar bo'lib qolamiz", - deydi Sereso.

Yaqinda tarqalgan malumotlarga ko'ra, "Barselona" va "Atletiko" Grizmann - Saul lakirovkasini amalga oshirishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: