SportUz.Net
iks
ads

OCHL 2. "Arkadag'" - "Andijon" uchrashuvini singapurlik hakam boshqaradi

07.09.2025 14:36    


Rasmni yuklab olish

Yana 10 kundan so'ng "Andijon" jamoasi OCHL 2 musobaqasidagi yurishini boshlaydi.

OFK mazkur uchrashuvda faoliyat olib boradigan rasmiylar ro'yxatini elon qildi. "Arkadag'" - "Andijon" uchrashuvini singapurlik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'ldi. 

Unga ko'ra, singapurlik 38 yoshli Axmad A’Qashax bin Axmad Al Badove bosh hakam sifatida ishlaydi. U 2013 yildan beri FIFA hakami sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 

Bosh hakam: Axmad A’Qashax bin Axmad Al Badove (Singapur)

Yordamchi hakamlar: Manoj Kalvani, Ashokraj Jivaradja (ikkalasi ham Singapur)

Zahira hakami: Leov Xong Vey (Singapur)

Nazoratchi hakam: Saad Al Fadxli (Quvayt)

Komissar: Valid Muhammad Musa Tahil Al Blushi (BAA)

Malumot uchun, uchrashuv 17 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: