SportUz.Net

"Bayer" Erik ten Xag qo'l ostidagi ilk rasmiy o'yinida yirik g'alaba qayd etdi

16.08.2025 08:30    


Rasmni yuklab olish

Germaniyada mavsum Kubok o'yinlari orqali start oldi.

Erik ten Xag boshchiligidagi "Bayer" jamoasi Germaniya Kubogining 1-bosqichida yirik g'alabaga erishdi. Bu bosqichda liverkuzenliklarga 4-divizion vakili "Zonnenxof-Grossaspax" raqiblik qildi.  Uchrashuvda mehmon maqomida harakat qilgan "Bayer" 4:0 hisobida zafar quchdi. 

Patrik SHik (32), Artur (74), Kristian Kofane (84) va Alexandro Grimaldo (87) "Bayer"ning gollariga mualliflik qilishdi. Bu bilan niderlandiyalik murabbiyning Germaniyadagi faoliyati muvaffaqiyatli boshlandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: