SportUz.Net

Lionel Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi

01.07.2025 13:06    


Rasmni yuklab olish

“Inter Mayami“ etakchisi Lionel Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.  37 yoshli hujumchi klubda qolishga qaror qilgan. Tomonlar yangi bitim bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Yangi kelishuvga ko'ra, Messi 2026 yilning dekabriga qadar bitim tuzadi. “Inter Mayami“ argentinalik futbolchiga yanada yaxshilangan taklif qilishni reja qilgan.

Eslatib o'tamiz, Messining amaldagi shartnomasi yil so'nggida yakunlanadi. Avvalroq, Messi kelasi yil bo'lib o'tadigan JCHda mukammal etib borish uchun Evropaga qaytishi haqda xabarlar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: