SportUz.Net

SHomurodovning jamoadoshi Abraxam "Roma"dan "Beshiktosh"ga o'tadi

30.06.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Angliyalik hujumchi Temmi Abraham "Roma"dan Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga o'tishi kutilmoqda.

Bu haqda Fabricio Romano malum qildi.

"Beshiktosh" u uchun 20 million evro to'laydi. Hujumchi jamoaga o'tishga rozi bo'ldi va shartnoma imzolashga tayyor.

Abraxam "Roma"ga tegishli, ammo 2024/25 yilgi mavsumni "Milan"da o'tkazgan. Hujumchi 28 o'yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: