SportUz.Net

Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan keyin murabbiy bo'lishi haqidagi savolga javob berdi

30.06.2025 13:42    


Rasmni yuklab olish

Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'lishni istamasligini malum qildi.

“Men standart tarzda o'ylaydigan odam emasman. Boshqa futbolchilardan ustun emasman, shunchaki boshqacha o'ylayman. To'g'risini aytaman: murabbiylik faoliyatim men uchun emas. Hayotda hamma narsa o'zgarishi mumkin. Lekin yaqin 5-10, balki 20 yil ichida ham murabbiy bo'lishni maqsad qilmaganman.

Saudiya Arabistoniga faqat futbol o'ynash uchun kelmaganman. Men mamlakat futbolini rivojlantirish uchun, uning rivojlanishining bir qismi bo'lishni xohlayman. Ha, men portugaliyalikman, lekin hozir men Saudiya Arabistonining bir qismiman”, dedi portugaliyalik yulduz.

Ronaldu bir necha kun avval “ Nassr“ bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnoma dunyo tarixidagi eng yirigi bo'ldi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: