SportUz.Net

"CAFA Nations Cup" musobaqasida 8 terma jamoa ishtirok etadi

28.06.2025 12:54    


Rasmni yuklab olish

CAFA tashkiloti matbuot xizmati shu yili bo'ladigan "CAFA Nations Cup-2025" turnirida ishtirok etuvchi termalarni tasdiqladi.

Unga ko'ra, CAFA tashkilotiga azo O'zbekiston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston termalaridan tashqari mehmon sifatida Malayziya va O'mon Respublikasi termalari ham "CAFA Nations Cup-2025" turnirida qatnashadi.

Qura marosimi 3 iyul kuni Dushanbeda tashkillashtiriladi. Turnir ikki guruhga ko'ra o'tkaziladi. A guruhi o'yinlari O'zbekistonda bo'lsa, B guruhi bahslariga Tojikiston mezbonlik qiladi.

Musobaqa 29 avgustda boshlanib, 8 sentyabrgacha davom etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: