SportUz.Net

"Barselona" Yamalga 10-raqamni berishga qaror qildi

27.06.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Yaqin kunlarda "Barselona" vinger Lamin Yamal yangi mavsumda 10-raqam ostida o'ynashini rasman elon qiladi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo".

27 may kuni klub 17 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirdi.

2 iyul, seshanba kuni kataloniyaliklarning yangi uy libosi taqdim etiladi. Klub Yamalga 10-raqam berish qarori klubning futbolkalar savdosidan tushadigan daromadi oshishiga umid qilmoqda.

2021 yildan beri "Barselona"dagi 10-raqam bu yozda "Monako"ga o'tishi mumkin bo'lgan Ansu Fatiga tegishli. Bungacha Lionel Messi, Ronaldino, Diego Maradona, Xuan Roman Rikelme, Rivaldo, Romario, Xristo Stoichkov va boshqalar ushbu raqamda o'ynagan.

Yamal 2024/25 yilgi mavsum barcha turnirlarda 55 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: