SportUz.Net
photo photo

Xavi: "Pedrining bunday darajada o'ynayotganidan baxtliman"

02.07.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

"Al Sadd" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" yarim himoyachisi Pedri haqida gapirdi.

"Men Pedrining bunday darajada o'ynayotganidan baxtliman, u yosh bo'lsa ham Ispaniya terma jamoasi ham, "Barselona"da ham farqni yuzaga keltirmoqda", - deydi Xavi.

18 yoshli Pedri Kataloniya klubiga 2019 yilning sentyabrida "Las-Palmas"dan 20 million evro evaziga o'tgandi. Xavbekning "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Qayd etish kerakki, Pedri Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi, u "qizil furiya" bilan Evropa chempionati chorak finaliga chiqdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: