SportUz.Net
photo photo

PSJ Mbappeni dunyoning eng katta maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishga tayyor

01.07.2021 19:50    


Rasmni yuklab olish

PSJ jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

Franciya klubi 22 yoshli forvardga yangi shartnoma bo'yicha bir mavsum uchun "toza" 50 million evrodan kam bo'lmagan maoshni taklif etdi. Agar Kilian taklifni qabul qilsa, u dunyodagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Tomonlar o'trasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, o'yinchining transfer narxi esa 160 million evroga baholanmoqda. Kilianga faol tarzda "Real" qiziqish bildirmoqda, ammo madridliklar unga maksimum 25 million evro maosh taklif qila olishadi.

Mbappe o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 42ta gol va 11ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: