SportUz.Net

Deku: "Barsa" Rafinya va Yamalga bog'lanib qolgan"

14.05.2025 15:54    


Rasmni yuklab olish

Deku "Barselona" Lamin Yamal va Rafinyaga qattiq bog'lanib qolganini aytdi.

Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 35-turidan so'ng etakchilik qilmoqda, "Real Madrid" 7 ochko orqada.  

"Kutilmaganda biz Rafinya va Laminga kuchli bog'lanib qoldik. Ehtimol, bizga ularga o'xshash xususiyatlarga ega o'yinchilar kerakdir.  

Tarkibda balans bor, endi bu erdagi o'yinchilarga etibor qaratishimiz lozim. O'tgan yili men hech kimni yo'qotishimiz mumkin emasligini aytgandim. Hozir ham vaziyat aynan shunday deb o'ylayman.  

Agar jamoani yaxshilash imkoni bo'lsa, bu yaxshi, lekin eng muhimi – yaqin yillarda biz yaratgan narsani saqlab qolish", – dedi "Barselona" sport direktori Deku ESPN’ga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: