Turnirning navbatdagi kuni 6 nafar bokschimiz navbatdagi janglarida ringga chiqishdi va quvonarlisi ularning bari raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub etishdi. Ushbu musobaqada qatnashayotgan yagona ayol bokschimiz Xumorabonu Mamajonova mo'g'ulistonlik Michidma Erdenedalaini hakamlarning yakdil (5:0) qarori bilan engdi.
Bokschilarimizning natijalari:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Michidma Erdenedalai (Mo'g'uliston) 5:0
-70 kg: G'ofurjon Tohirov - SHpetim Bajoku (Kosovo) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliev - Nikodem Kozak (Polsha) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daniel Pitt (Uels) 5:0
-60 kg: Samandar Olimov - Enkhtur Tegshjargal (Mo'g'uliston) 5:0
+90 kg: Jahongir Zokirov - Mujahit Ilyas (Turkiya) 5:0