SportUz.Net

"Al Ittifoq" Teo Ernandes va Rafael Leau uchun 200 mln evro taklif qilishga tayyor

15.04.2025 16:00    


Rasmni yuklab olish

"Al Ittifoq" "Milan" futbolchilari uchun rekord taklif tayyorlamoqda, deb xabar berdi "Fichajes".

Saudiya Arabistoni klubi yirik transferni amalga oshirmoqchi hamda Teo Ernandes va Rafael Leau uchun 200 mln evro ajratishga tayyor. "Al Ittifoq" bu yulduz futbolchilar jamoani ancha kuchaytirishi va Saudiya Arabistoni chempionatida saviyasini oshirishda yordam berishiga ishonadi.

Dammam klubi ayni paytda turnir jadvalining o'rtalarida bormoqda, ammo yozda yuqori darajadagi transferlar yordamida jamoani sezilarli darajada o'zgartirishmoqchi. Leau va Teoni sotib olish nafaqat liga tarixidagi, balki butun jahon futbolidagi eng yirik kelishuvlardan biri bo'lishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Milan" bu taklifni rad etmagan va agar summa to'g'ri kelsa, sotishni ko'rib chiqadi. Bu pul klubga maosh xarajatlarini kamaytirish va yangi futbolchilarni sotib olishga ko'mak beradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: