SportUz.Net
photo photo

Kroos: "Ramos "Real"ga qaytadi"

23.06.2021 17:00    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos himoyachi Serxio Ramosning "qirollik klubi"dan ketganiga izoh berdi.

"Real"ni Ramossiz tasavvur qilish qiyin. Bunday o'yinchining ushbu klubda faoliyatini yakunlamagani alamli holat. Serxio qachondir "Real"ga qaytadi deb hisoblayman. Qanday statusda, buning farqi yo'q", - deydi xavbek.

Eslatib o'tamiz, Ramos Madrid klubi sharafini 2005 yildan beri himoya qildi. O'yinchi ushbu yozda klubni erkin agent maqomida tark etdi.

Serxioning yangi klubi "Pari Sen-Jermen" bo'lishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: