SportUz.Net
photo photo

COVID-19'ga qarshi emlanmagan muxlis JCH-2022'da stadionga kiritilmaydi

21.06.2021 08:25    


Rasmni yuklab olish

Qatar bosh vaziri Xolid bin Xalifa Ol Tani JCH-2022 arafasida koronavirusga qarshi emlash haqida gapirdi.

"Jahon chempionati boshlangunga qadar aksariyat davlatlar allaqachon o'z fuqarolariga vakcina ulashdi va hozir ham ulashmoqda.

Turnir boshlangunga qadar bazi davlatlar barcha davlat fuqarolarini emlay olmaslik ehtimoli tufayli Qatar virusga qarshi vakcina qabul qilmagan muxlislarni stadionlarga tashrif buyurishiga yo'l qo'ymaydi.

Hozir biz kompaniyalardan biri bilan 2022 yilgi Jahon chempionatiga keladigan odamlarni emlash uchun million dozada koronavirusga qarshi vakcinani etkazib berish to'g'risida muzokaralar olib bormoqdamiz. Bizning asosiy vazifamiz — fuqarolar va mamlakat aholisi sog'lig'ini himoya qilish maqsadida emlanmagan har bir kishini vakcina qilish", — deydi hukumat rahbari.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: