SportUz.Net
photo photo

Muxlislar samolyot yordamida murabbiyga maslahat berishdi + FOTO

13.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiyalik muxlislar samolyot yordamida terma jamoa murabbiyi Frank de Burga Ukraina termasiga qarshi o'yin oldidan o'ziga xos maslahat berishdi.

Niderlandiya terma jamoasi Evro-2020 turniri guruh bosqichida ilk uchrashuvni Ukrainaga qarshi o'tkadadi. Muxlislar tomonidan samolyot orqali yo'llangan bannerda “Frank, faqat 4-3-3” yozuvi tushirilgan.

“Maslahat uchun rahmat, ammo biz 3-5-2 da qolamiz”, deya hazillashdi de Bur o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Niderlandiya va Ukraina terma jamoasi ishtirokida bellashuv bugun 13 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin Amsterdamdagi “Yoxan Kruiff Arena”da o'tkaziladi. Mazkur guruhda bu ikki jamoadan tashqari Avstriya va SHimoliy Makedoniya terma jamoasi ham joy olgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: