SportUz.Net
photo photo

PSJ va Donnarumma transfer bo'yicha kelishuvga erishdi

12.06.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJga o'tadi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. Tomonlar yuzaki kelishuvga erishdilar.

Qayd etish kerakki, yuristlar 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha ishlashmoqda. Darvozabon yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Donnarumma o'tgan mavsum "Milan" safida 48ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 54ta to'p olib chiqdi va 15 bor "quruq o'yin" o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi, tomonlar bitimni uzaytirish bo'yicha kelisha olishmadi va u erkin agent maqomida ketmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: