22 yoshli futbolchi Franciya klubida shartnomasi yakuniga qadar o'ynamoqchi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq OAVda PSJning Lionel Messi bilan shartnoma imzolash uchun Kilian Mbappeni qurbon qilishi mumkinligi borasida xabarlar yangragan edi. Kilian PSJda 2017 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 21 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.