SportUz.Net
photo photo

O'zbekcha transfer: Sergeev "Paxtakor"ga necha million dollar foyda keltirgan?

10.06.2021 16:00    


Rasmni yuklab olish

Championat.asia'da "O'zbekcha transfer" rukni davom etadi.

Xabaringiz bor, oldingi safar hamyurtimiz Odil Ahmedov ishtirokida imzolangan o'tish bitimlari haqida malumot bergandik. Namanganlik futbolchi 2011 yilning yozida "Anji"ga o'tayotgan mahalda "sherlar" hisob raqami 1,7 mln evroga boyigan.

"Paxtakor"ning Ahmedovdan keyingi yirik transferi 2018 yilning qishida sodir bo'ldi. O'shanda Igor Sergeev "Al Dafra" tarkibiga qo'shilgan, BAA klubi hujumchi uchun 1,5 mln evro to'lagan edi. Ammo, Igorning Birlashgan Arab Amirliklari superligasida ishlari yurishmadi va o'sha yilning yozida erkin agent sifatida Toshkent jamoasiga qaytdi. Bundan tashqari, "Paxtakor" Sergeevni 2016 yilgi mavsumning 2-qismida "Beyczin Goan"ga ijaraga bergan va 6 oylik shartnoma uchun 500 ming evro ishlab olgan. Xullas, futbolchi o'zini tarbiyalagan klubga umumiy hisobda 2 mln evro foyda keltirgan.

Joriy yilning fevral oyida Igor faoliyatida 3-bor legionerga aylanib, Qozog'istonning "Aktobe" jamoasi tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shildi. Sergeev yangi klubi safida allaqachon 14 o'yinda 7 ta gol urishga ulgurgan. "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetovning Championat.asia'ga malum qilishicha, ayni paytda 28 yoshli hujumchini jamoaga qaytarish bo'yicha muzokara o'tkazilmoqda. Igor katta ehtimol bilan yangi mavsumni "sherlar" safida boshlasa kerak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: