"Metropolitano"dagi stadionda bo'lib o'tadigan Madrid derbisi tanaffusida meksikalik qo'shiqchi va aktrisa Danna Paola Abraxam Mateo bilan duetda El double qo'shig'ini ijro etishi kerak edi.
Ammo, klub ijrochining rejalashtirilgan chiqishini u La Revuelta dasturiga bergan intervyusida "Real" muxlisi ekanligini tan olganidan bir necha kun o'tib bekor qildi. Qo'shiqcha "Atletiko" muxlisi hisoblangan boshlovchi oldida "qaymoqranglilar"ning madhiyasini kuylagan.
– Nega buni kuylayapsan?
– CHunki "Real" muxlisiman, yana nima ham bo'lardi? Juda mamnunman, sababi ularning o'yinini jonli ko'raman, – dedi Paola.
"Krasnodar" o'z tarixida ilk bor Rossiya chempioni bo'ldi, Abbos Fayzullaev va CSKAda bronza
Oliveyra – Topuriya jangi haqida: "Topuriya kuchli zarbaga ega, ammo u yangi vazn toifasiga o'tdi"