SportUz.Net
photo photo

Simeone shartnomani uzaytirishga rozi. U rahbariyatdan yangi transferni so'radi

06.06.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klubi bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.

Argentinalik mutaxassis bilan tuziladigan yangi shartnoma 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Bitim borasida deyarli kelishuvga erishildi.

Diego Simeonening Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Argentinalik jamoani 2011 yilning oxirida qabul qilib olgandi.

Manbaning xabariga ko'ra, Diego Simeone klub rahbariyatidan hujum chizig'ini Lautaro Martines bilan kuchaytirishni so'radi. Hujumchi "Inter"da o'ynamoqda, klub moliyaviy vaziyat sabab uning sotuvi uchun ochiq bo'lishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: