SportUz.Net
photo photo

OCHL-2021. Avstraliya klubi Toshkentga kelmaydi. Endi nima bo'ladi?

05.06.2021 15:25    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, Toshkent shahri Osiyo chempionlar ligasining ikkita guruhi bahslariga mezbonlik qiladi.

Kecha Avstraliya klublari bu yilgi OCHLda ishtirok etishdan bosh tortishgani haqida xabar chiqdi. Buni OFK rasman elon qildi.

Toshkentda bo'ladigan "H" guruhida "Sidney" ishtirok etishi kerak edi. Biroq endi uning o'rnida Tailandning "CHiangray Yunayted" klubi ishtirok etadi.

Toshkentda 23 iyun kuni "CHiangray" va Janubiy Koreyaning "Tegu" klublari o'rtasidagi pley-off bahsi bo'lib o'tishi kerak edi. "Sindey" Toshkentga kelmagani uchun "H" guruhida bitta joy bo'shadi va o'sha o'rinni Tailand klubi egallaydi. "Tegu" esa o'z-o'zidan "I" guruhiga joylashadi. Bu haqda Alisher Nikimbaev ham telegramdagi o'z kanalida yozib qoldirdi.

Hozircha OFK bu xabarni rasman tasdiqlgani yo'q. Biroq Toshkentdagi ishchi guruh yuqoridagi vaziyatga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"H" guruhi
"CHonbuk Xyunday Motors" (J.Koreya)
"Gamba Osaka" (Yaponiya)
"Tampines Rovers" (Singapur)
"CHiangray Yunayted" (Tailand)

"I" guruhi
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Beyjing Goan" (Xitoy)
"Yunayted Siti" (Filippin)
"Tegu" (J.Koreya)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: