SportUz.Net
photo photo

"Atletiko" de Paul uchun 40 million evro to'lashni xohlamayapti

02.06.2021 17:50    


Rasmni yuklab olish

"Udineze" markaziy yarim himoyachisi Rodrigo de Paul "Atletiko"ning diqqat markazida bo'lib turibdi.

"Udineze" o'yinchi uchun 40 million evro so'ramoqda, ammo "Atletiko" rahbariyati A Seriya klubiga bunday mablag'ni to'lamoqchi emas.

De Paul - "Atletiko"ning bosh transfer maqsadlaridandir, ammo madridliklar "Udineze" 40 mln evro talab qilishda davom etsa, muzokaralarni to'xtatadi.

Xavbek o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 19 ochko jamg'ardi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: