SportUz.Net
photo photo

O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni poytaxtida + FOTO

02.06.2021 07:50    


Rasmni yuklab olish

Terma jamoamiz delegaciyasi Dubaydan Ar Riyod shahriga etib bordi.

"Dubay shahrida qisqa muddatli o'quv-mashg'ulot yig'inini tamomlagan O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Milliy terma jamoamiz delegaciyasi Dubay - Riyod havo reysi orqali biroz avval Qirol Holid Xalqaro Aeroportiga etib keldi.

Delegaciyaning har bir azosi koronavirus uchun test topshirdi. Test natijalari chiqquniga qadar O'zbekiston delegaciyasi vakillari mazkur mehmonxonada yakkalik rejimida bo'lib turadi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnirda qatnashadi. Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.


JCH-2022. Saralash bosqichi

D guruhi uchrashuvlari


07.06.2020 | 23.00

O'zbekiston - Singapur


11.06.2021 | 23.00

Yaman - O'zbekiston


15.06.2021 | 23.00

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: