Biroq taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaevning o'z Telegram kanalida yozishicha, guruh bellashuvlari Xitoyda o'tkazilmaydi. Buning sababi yana koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq.
Kecha Xitoy terma jamoasi "safarda" Guam mehmoni bo'lib, 7:0 hisobida zafar quchdi. Guruhning navbatdagi o'yinlari 3 iyundan davom ettirilishi kerak. Endi katta ehtimol bilan o'yinlar Dubayda tashkil etiladi. Qolaversa, JCH saralash bosqichining vikipediyadagi sahifasida ham uchrashuvlar Dubayda o'tishi belgilab qo'yilgan, faqat bahslarning soati yozilmagan.
Malumot uchun, mazkur guruhda Suriya, Xitoy, Filippin, Maldiv va Guam o'zaro bahs olib bormoqda hamda Suriya 15 ochko bilan birinchi, Xitoy terma jamoasi esa 10 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
SHohasan Mirzamatov keyingi jangini qachon, qaerda va kimga qarshi o'tkazishiga ishora berdi (FOTO)
Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"