SportUz.Net
photo photo

Ukrainani mag'lub etgan O'zbekiston Valeriy Lobanovskiy xotira turniri g'olibiga aylandi

29.05.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Ukraina poytaxti Kiev shahrida ananaviy Valeriy Lobanovskiy xotira turniri bo'lib o'tdi.

Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U21 terma jamoasi ishtirok etdi. Kecha Ozarbayjonni 1:0 hisobida taslim qilgan yoshlarimiz bugun musobaqa mezboni Ukraina yoshlarini 2:0 hisobida taslim qilishdi hamda turnir g'olibiga aylanishdi.

Bugungi gollarga Jasur Jaloliddinov va Husayin Norchaev mualliflik qilishdi. 67-daqiqada Sunnatilloh Hamidjonov ikkinchi bor sariq kartochka olib maydonni tark etdi va o'yin oxirigacha jamoamiz 10 kishi bo'lib o'ynadi. 


Ikkita o'yinda ikkita gol urgan Jasur Jaloliddinov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.




O'zbekiston U21 - Ukraina U21 - 2:0
Gollar:
Jasur Jaloliddinov 41, Husayin Norchaev 63.
O'zbekiston U21: Hamidullo Abdunabiev, Diyor Xolmatov, Husayn Norchaev, Ulugbek Hoshimov, Jasur Jaloliddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Eldor Begimov, Odil Andumajidov, Sunnatilloh Hamidjonov, Diyor Rahimqulov, Abubakr Rizo Turdialiev.
CHetlatish: Sunnatilloh Hamidjoov 67 (2SK)







 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: