SportUz.Net
photo photo

Ten Xag yozdayoq "Manchester Yunayted"ni tark etadi

27.04.2024 16:46    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xag mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etadi.

Bu haqida insayder Nizar Kinsella malum qildi.

Xabarga ko'ra, yangi rahbariyat niderlandiyalik mutaxassisga etarli darajada imkoniyat berildi deb hisoblashgan. Ular 53 yoshli murabbiyning natijalaridan qoniqish hosil qilmagan va yozda yangi bosh murabbiy olib kelishga qaror qilishgan.

Malumot uchun, ten Xag 2022 yilda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylangandi. Jamoa joriy mavsum uning qo'l ostida APLda oltinchi o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: