SportUz.Net
photo photo

"Barselona" Levandovski bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor, faqat bitta sharti bor

27.04.2024 12:23    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" klubi rahbariyati Robert Levandovski bilan kelishuvni uzaytirishga tayyor.

Buning uchun 35 yoshli futbolchi oyligini malum miqdorda tushirishga rozi bo'lishi lozim. 

Robert bilan tuzilgan kelishuvga ko'ra joriy mavsum "Barselona" futbolchiga 26 million evro to'lashi lozim. Kelasi yil esa bu mablag' 32 millionga oshishi kerak. Kataloniya klubi kelasi yilgi oylikni malum miqdorda tushirishni reja qilgan.

Agar muzokaralar omadsizlik bilan yakunlansa, "Barselona" rahbariyati Levani yozda sotishga harakat qilib ko'radi. Polshalik hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 20 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: