SportUz.Net
photo photo

"Hozirgi "Real" "Galaktikos"dan kuchli" - Guti

03.04.2024 18:46    


Rasmni yuklab olish

"Qirollik klubi" sobiq yarim himoyachisi Guti "Real"ning hozirgi tarkibini "galaktikos" bilan solishtirdi.

"Futbolchilar borasida hozirgi "Real" "Galaktikos"dan kuchli. Madrid klubida "galaktikos" payti biz uchun o'yinlarni yutish qiyin edi. Ko'pchilik oldinga o'tib ketardi va kamchilik ortga himoyaga yordam berish uchun qaytardi.

"Madriddagi mavqeyim qandayligini bilardim. Men bor kuchim bilan harakat qilganman. Jamoa muvaffaqiyati uchun o'z hissamni qo'sha olishimni bilardim. Makelele bilan yonma-yon yarim himoyada o'ynaganimda menda doim tanlov uchun varinatlarim borligini bilardim: Figu, Zidan yoki Ronaldodan biriga pas berishim kerak va ular men uchun ham o'yin taqdirini hal qila olishadi.

Nima uchun Makelele ketganida hamma: "Biz "Real"ning tayanchini yo'qotdik", - degan? CHunki Makelele nima qilishi kerakligini juda yaxshi bilardi.

Hozir Fede Valverde o'z rolini yaxshi biladi, Kamavinga ham o'z vazifasini juda yaxshi biladi. Bu tarkib "galaktikos"dan yaxshiroq", - dedi Guti "El Chiringuito" efirida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: