SportUz.Net
photo photo

Di Mariya boshchiligidagi "Benfika" kubok finaliga chiqa olmadi

03.04.2024 14:23    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasida "Benfika" jamoasi "Sporting"ni qabul qildi.

Bir oy oldin bo'lib o'tgan birinchi to'qnashuvda "Sporting" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu safar esa toomnlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. SHu tariqa, yangi mavsumda "Liverpul" ustozi bo'lishi mumkin deyilayotgan Ruben Amorim shogirdlari mamlakat kubogi finaliga yo'l olishdi.

"Sporting" finalda "Portu" - "Vitoriya" juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.

Portugaliya kubogi. 1/2 final, javob uchrashuvi

"Eshtadiu da Lush" stadioni

"Benfika" - "Sporting" 2:2

Gollar: Otamendi 52, Rafa Silva 64 - Yulmand 47, Paulinyu 55

"Benfika": Trubin, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Eursnes, Di Mariya, Rafa Silva, Florentinu (Joau Mariu, 90), Joau Nevesh, Neres (Gouveyya, 85), Tengstedt (Markos Leonardo, 79).

"Sporting": Israel, Eshgayyu (Katamu, 46), Koates, Inasiu, Diomande (Sen-Jyust, 46), Nunu Santush (Mateus Reys, 46), Yulmand, Daniel Bragansa (Morita, 66), Trinkau, Paulinyu (Edvards, 85), Gyokeresh.

Ogohlantirishlar: Di Mariya (45+3), - Inasiu (49), Morita (72), Israel (77), Edvards (90+2).

"Sporting"ning shveciyalik hujumchisi Viktor Gyokeresh dastlabki uchrashuvda bitta gol urgan. Gyokeresh joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 36 ta urgan va 15 ta assist qayd etgan. O'tgan yozda CHempionshipdan olib kelingan forvard uchun dahshatli statistika.

"Sporting" jamoasi Portugaliya kubogini 17 bor qo'lga kiritgan. Bu borada ular "Benfika" va "Portu"dan keyin uchinchi eng yaxshi natijaga ega. Lissabonliklar oxirgi marta 2019 yilda kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: